Toza qo‘llar – shaxsiy gigiyenaning asosiy omili
Qo‘llarimiz kun davomida turli buyumlar bilan aloqada bo‘lib, ko‘plab mikroblarni o‘zida to‘plashi mumkin. Shu sababli qo‘llarni sovun va toza suv bilan muntazam yuvish ko‘plab yuqumli kasalliklarning oldini olishning eng oddiy va samarali usullaridan biridir.✅ Qo‘llarni quyidagi holatlarda albatta yuving:
• Ovqat tayyorlashdan oldin va ovqatlanishdan oldin hamda keyin;
• Hojatxonadan foydalangandan so‘ng;
• Yo‘talganda, aksirganda yoki burunni qoqgandan keyin;
• Ko‘chadan yoki jamoat joylaridan kelgach;
• Hayvonlarga, axlatga yoki iflos buyumlarga tekkandan so‘ng.
🫧 Qo‘llarni kamida 20 soniya davomida sovun bilan yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Bunda kaftlar, qo‘lning ustki qismi, barmoqlar oralig‘i, bosh barmoq va tirnoqlar atrofi ham tozalanishi lozim.
🔰Sanepid qo'mita Yangiariq tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Toza qo‘llar – soglom hayot garovi!25-03-2026, 14:13
Mutaxassis tavsiyasi: Yozda shamollamaslik uchun nima qilish kerak?28-07-2026, 13:37
OVQATDAN ZAHARLANMASLIK UCHUN MUTAXASSIS TAVSIYASI15-07-2026, 09:12
Maktab oshxonalriga qo`yiladigan talablar26-02-2026, 09:32
YOZGI TA’TILDA BOLALARNI TO‘G‘RI OVQATLANISH QOIDALARI5-06-2026, 14:51











