Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » YOZGI TA’TILDA BOLALARNI TO‘G‘RI OVQATLANISH QOIDALARI

YOZGI TA’TILDA BOLALARNI TO‘G‘RI OVQATLANISH QOIDALARI

5-06-2026, 14:51
18
Yozgi ta’til davrida bolalarning sog‘lom o‘sishi va organizmining mustahkam bo‘lishi uchun to‘g‘ri ovqatlanishga alohida e’tibor qaratish zarur.

Kun davomida 4–5 mahal ovqatlantiring
— Nonushta, tushlik, kechki ovqat va yengil tamaddilarni o‘z vaqtida iste’mol qilish muhim.
Meva va sabzavotlarni ko‘proq bering
— Tarvuz, qovun, o‘rik, shaftoli, olma, bodring va pomidor vitaminlarga boy.
Toza ichimlik suvi ichishni unutmang
— Issiq havoda organizm ko‘proq suyuqlikka ehtiyoj sezadi.
Tez tayyorlanadigan va zararli mahsulotlarni cheklang
— Chips, gazli ichimliklar, haddan tashqari shirinliklar sog‘liq uchun zararli.
Ochiq joyda sotiladigan oziq-ovqatlardan ehtiyot bo‘ling
— Saqlash sharoiti noma’lum mahsulotlar ichak kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
Muzqaymoq va sovuq ichimliklarni me’yorida iste’mol qiling
— Haddan tashqari sovuq mahsulotlar tomoq va nafas yo‘llari kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Ovqatlanishdan oldin qo‘llarni sovunlab yuving
— Bu yuqumli kasalliklarning oldini olishning eng oddiy va samarali usulidir.

Sog‘lom ovqatlanish – farzandlarimiz salomatligi va quvnoq ta’tilining garovi! 🌿👨‍👩‍👧‍👦💚

🔰Sanepid qo`mita Yangiariq tuman bo`limi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.