Maktab oshxonalriga qo`yiladigan talablar
Maktab oshxona xonalari toza, yorug‘ va shamollatiladigan bo‘lishi kerak.2️⃣Xona devorlar yuviladigan material bilan ,poli esa sirpanchiq bo‘lmagan materialdan qoplanishii ,xonalar doimo yuvib-dezinfeksiya qilinib borishi kerak.
3️⃣Ovqat tayyorlash xonalari xom mahsulot bilan tayyor ovqat bir xil joyda ishlanmasligi lozim.
4️⃣Ovqat tayyorlashda ishlatilafigan asboblar va jixozlar belgilanishi (markirovka) qilinishi kerak .
5️⃣Idishlarni yuvish uchun 3 pog‘onali yuvish tizimi, issiq va sovuq oqar suv , yogsizlantiruvchi va dezinfeksiya (maxsus eritma) bilan ta`minlanishi lozim.
6️⃣Choynak, piyola va qoshiq alohida yuviladi. Bir martalik idishlar qayta ishlatilmaydi.
7️⃣Har kuni to‘liq umumiy tozalash, haftada 1 marta chuqur dezinfeksiya qilinadi;
8️⃣Chiqindilar qopli chelaklarda saqlanadi va kuniga kamida 1–2 marta olib chiqiladi;
9️⃣Zararkunandalarga qarshi dezinfeksiya, deratizatsiya rejali ravishda o‘tkaziladi.
Oshxona xodimlariga quyidagi talablar qo`yiladi:
➡️xodimlar maxsus kiyim (xalat, bosh kiyim, fartuk)da ishlashi shart;
➡️ish boshlashdan oldin va ish davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi kerak;
➡️qo‘llarni yuvish uchun maxsus joylar, sovun, dezinfektor bo‘lishi zarur;
➡️xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi shart.
❗️Oshxonaga ovqat tayyorlash uchun olib kelinadigan barcha o ziq ovqat maxsulotlarida sifatini tasdiqlovchi sertifikatlari bo`lishi shart.
❗️Oziq-ovqat maxsulotlarini saqlash qoidallariga rioya etilishi muzlatkich va kameralar harorati nazorat qilinishi lozim.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
♻️Sartaroshxonalarda sanitariya gigiyena talablariga rioya etish qanchalik muhim2-05-2025, 16:35
Sinfxonalariga qo`yiladigan gigienik talablar.22-08-2025, 17:47
Ichimlik suvining sifati qanday bo'lishi kerak?27-02-2025, 14:06
Umumta`lim maktablari, orta maxsus ta`lim muassasalarida sinf xonalariga qo`yiladigan gigienik talablar.12-09-2024, 10:58
Sut mahsulotlarga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.16-06-2025, 16:40











