Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Yozda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qanday ovqatlantirish kerak?

Yozda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qanday ovqatlantirish kerak?

6-07-2026, 14:30
22
Yozning issiq kunlarida bolalar organizmi suyuqlikni ko‘proq yo‘qotadi, oziq-ovqat mahsulotlari esa tez buziladi. Shu bois 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ovqatlanishiga alohida e’tibor qaratish zarur.

🔹 Bolaga faqat yangi tayyorlangan taom bering. Oldindan tayyorlangan ovqatni uzoq vaqt xona haroratida saqlamang.
🔹 Toza ichimlik suvi ichiring. Bola chanqashini kutmasdan, kun davomida oz-ozdan suv ichirib turing.
🔹 Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuving. Zarurat bo‘lsa, po‘stini archib iste’mol qildiring.
🔹 Yengil va foydali taomlarni tanlang. Bo‘tqalar, sabzavotli sho‘rvalar, qatiq mahsulotlari, yog‘siz go‘sht va baliq bolalar uchun eng maqbul taomlardir.
🔹 Ovqatlanish tartibiga amal qiling. Bolani oz-ozdan, ammo tez-tez ovqatlantirish tavsiya etiladi.

🚫 Bolalarga quyidagilarni bermang:

❌ Fastfood va yarim tayyor mahsulotlar;
❌ Gazlangan va juda shirin ichimliklar;
❌ Muddati o‘tgan yoki saqlash qoidalariga rioya qilinmagan mahsulotlar;
❌ Ko‘cha savdosidan xarid qilingan tayyor ovqatlar.

⚠️ Eslatma!
Bolada qayt qilish, ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi yoki ovqatdan zaharlanish alomatlari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling.

👨‍⚕️ Farzandingizning sog‘lom ovqatlanishi – uning sog‘lom kelajagi garovidir!


🔰 Sanepid qo'mita Yangiariq tumani bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.