Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Oftob urishidan qanday saqlanish kerak?

Oftob urishidan qanday saqlanish kerak?

21-05-2026, 14:58
15
Issiq kunlarda quyosh nuri va yuqori harorat inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor insonlar ehtiyot bo‘lishi zarur.

🌡 Oftob urishining asosiy belgilari:
➡️Bosh og‘rig‘i va aylanishi
➡️Holsizlik, ko‘ngil aynishi
➡️Tana haroratining ko‘tarilishi
➡️Terining qizarishi va qurishi
➡️Hushdan ketish

✅ Quyidagi qoidalarga amal qiling:
🧢 Quyoshda bosh kiyimsiz yurmang
💧 Ko‘proq toza suv iching
🌳 Soat 11:00–16:00 oralig‘ida quyosh ostida uzoq qolmang
👕 Yengil va och rangli kiyim kiying
🍉 Meva-sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling
🚶‍♂️ Issiq paytda og‘ir jismoniy mehnatdan saqlaning
🏠 Xonalarni tez-tez shamollatib turing

🚑 Agar odam oftob ursa:
Uni salqin joyga olib o‘ting
Sovuq suv yoki nam mato bilan peshonasini arting
Suv ichiring
Zarurat bo‘lsa shifokorga murojaat qiling

☀️ Salomatligingizni asrang — issiq kunlarda ehtiyot bo‘ling!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.