Yozgi tavsiya
Ayron — yozning foydali va tabiiy ichimligi
Issiq kunlarda inson organizmi ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotadi. Shu bois suv muvozanatini to‘g‘ri tiklash salomatlik uchun muhim ahamiyatga ega.
🚰 Chanqoqni qondirish uchun oddiy suv bilan bir qatorda romashka, yalpiz kabi o‘simlik choylari, olcha va olxo‘ridan tayyorlangan tabiiy sharbatlar hamda ayron iste’mol qilish tavsiya etiladi.
🥛 Ayron chanqoqni bosadi, ishtahani yaxshilaydi, ichak mikroflorasini qo‘llab-quvvatlaydi, organizmning himoya kuchlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, fermentlangan sut mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish ichak mikroflorasining muvozanatini saqlashga ko‘maklashadi.
🥒 Bodring, selderey, qovun, tarvuz va apelsin kabi suvga boy mahsulotlar ham organizmni suvsizlanishdan asrashga yordam beradi.
Yozgi taomlardan biri bo‘lgan okroshka esa chanqoqni qondirishi bilan birga, organizmni foydali vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlaydi.
🚱 Shu bilan birga, yoz mavsumida oziq-ovqat va ichimliklar tez buzilishini unutmang. Bozorlar va yo‘l yoqalarida sotiladigan qo‘lbola hamda yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni iste’mol qilish salomatlik uchun xavf tug‘diradi.
✅ Sog‘lom ovqatlaning, toza va xavfsiz mahsulotlarni tanlang!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Ramazon oyida ro`za tutishlik inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega. 1 oy davomida tanada yangidan tozalanish jarayoni kuzatiladi Ramazon oyida to`gri ovqatlanishga alohida e`tibor qilish muhimdir.3-03-2025, 09:43
Osh tuzini yodlashning ahamiyati nimada?24-12-2025, 14:45
Osh tuzi iste`moli me’yordan oshmasin.5-02-2026, 11:25
Osh tuzi iste`moli me’yordan oshmasin.3-02-2026, 10:57
Baliq — Omega-3 yog‘ kislotalari va oqsilga boy, yurak va miya uchun foydali.5-02-2026, 11:26