Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » SIL KASALLIGIDAN SAQLANING!

SIL KASALLIGIDAN SAQLANING!

10-03-2026, 12:37
8
Sil tayoqchalari  organizmga nafas yo‘li orqali o‘tadi.Mikroblar bemor yo‘talganda, aksirganda, qattiq gaplashganda, tupurganda balg‘am zarralari bilan atrofga chiqadi . Bu ko‘zga ko‘rinmas  zarralarida minglab sil tayoqchalari bo‘ladi. Sil bakteriyalari ayniqsa xona havosida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bemor duch kelgan joyga balg‘am tashlasa, vaqt o‘tib qurib, sil tayoqchalari havoga chang bilan ko‘tariladi va nafas yo‘llari orqali sog‘lom kishilarga o‘tadi. 
❓Sil kasalligiga chalinmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
☑️Bolalarni BSJ vaksinasi bilan o`z vaqtida  emlating
☑️Yilda 1 marta shifokor ko`rigiga boring.
☑️Ichkilik, chekish, giyohvandlik kabi illatlardan voz keching.
☑️O‘z vaqtida ovqatlaning.
☑️Xonalarga quyosh nuri tushib turishini ta’minlang. 
 ☑️Qishda fortochkani ochib, xonani tez-tez shamollatib turing.
☑️Iliq va issiq kunlarda derazani kun bo‘yi ochib qo‘ying.
☑️Xonalar, jihozlari changini nam  latta bilan arting.

🔰Sanepid qo`mita Yangiariq tuman bo`limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.