Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!

Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!

18-10-2025, 11:20
28
Qizamiq havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan o‘ta yuqumli virusli kasallikdir. Qizamiq virusi kasal odam yo‘talganda yoki aksirganda ikki soatgacha havoda va yuzalarda saqlanib qolishi mumkin. Emlanmagan va bemor bilan muloqotda bo‘lgan deyarli har bir kishi kasallikni yuqtiradi.

 Qizamiq pankreatit, meningit, ensefalit, obstruktiv bronxit, laringostenoz va boshqa shu kabi asoratlari tufayli xavflidir. 
💉Bolalrni himoyalashning yagona ishonchli usuli - emlashdir.
 U Milliy emlash taqvimiga kiritilgan va ikki bosqichda o‘tkaziladi:
• Birinchi doza (KPK-1)- 12 oylikda;
• Ikkinchi doza (KPK-2) - 6 yoshda.

❗️ Bolangizda Jiddiy asoratlarni  va kasallikning tarqalishini oldini olish uchun emlash jadvaliga rioya qiling.
🚑🏥🩺 Qizamiq alomatlar kuzatilganda darhol shifokorlarga murojaat eting.!

🔰Sanepid qo`mita Yangiariq tuman bo`limi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.