Koʻkyoʻtal -boʻgʻilib-boʻgʻilib yoʻtal tutishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli kasallik.

Koʻpincha bolalarda uchraydi. Xavo-tomchi yoʻli orqali yuqadi. Kasal bola aksirganda, yoʻtalganda havoga tarqatgan Koʻkyoʻtal tayoqchasi sogʻlom bolaning nafas yoʻllari orqali organizmga kiradi.
Kasallik asta sekin zo`rayadi, yoʻtal tutish davri kasallikning asosiy va doimiy alomati boʻlib, yoʻtal 2—3-marta qattiq yoʻtalish bilan boshlanadi, keyin tinmay ketma-ket kalta-kalta yoʻtalaveradi va nafasi ichga tushib ketib, tovush yorigʻi qisqarishi natijasida „gʻiyq“ degan tovush chiqadi.
Bola kasallik boshlangan kunidan tortib 30 kungacha yuqumli hisoblanadi.Nimjon va kasalli ogir o`tgan bolalarda bronxit, zotiljam (aksari goʻdaklarda) kabi asoratlar kuzatiladi.
Ko`kyo`tal kaslligini emlash orqali oldini olish mumkin.
‼️Ko`kyotalga qarshi emlash O`zbekistion Respublikasida profilaktik emlash kalendariga kiritilgan bo`lib, unga ko`ra bolalar 2, 3, 4 oylida va 16 oyligida bepul emlanadilar.
👉telegram/vebsayt👈
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
BOLALARNI KASALLIKLARGA QARSHI PROFILAKTIK EMLASH VAQTLARINI BILASIZMI?16-01-2025, 15:51
Ichimlik suvining sifati qanday bo'lishi kerak?27-02-2025, 14:06
Kasallikni davolagandan ko'ra uning oldini olgan maqul.23-09-2023, 13:01
"Yangicha Маhallabay " tizimli ishlar davom etmosda.3-03-2025, 09:42
26 ta soliq inspeksiyasi va ikki viloyat DSB rahbarlari ishdan olindi3-08-2023, 16:10