Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!
🔻Qizamiq – o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi, yuqori nafas yo‘llari, ko‘z shilliq pardalari, og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi va terida qizil, yirik dog‘li toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi. 🦠Kasallik qo‘zg‘atuvchisi virus hisoblanadi . Bemor yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda tupugining mayda tomchilari orqali havoga tushadi, keyin nafas yo‘llari orqali sog‘lom bolaning organizmiga o‘tishi bilan xavfrli.
🔻 Kasallik 4-bosqichda kechib, yashirin davri esa 6-18 kundir. Kasallik o‘tkir boshlanib, tana harorati ko‘tariladi, bemor quruq yo‘taladi, tumov bo‘ladi, ko‘zi qizarib, yoshlanadi, tovushi bo‘g‘ilib qoladi, yorug‘likka qaray olmaydi. Bu davrda lunj shilliq qavatida toshma toshishdan 2-3 kun oldin qizil mayda oq dog‘lar paydo bo‘ladi. Toshma toshgandan keyin 1-2 kunda yo‘qolib ketadi. Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq pardasida enantema mayda qizil dog‘lar paydo bo‘ladi. Tabiiyki, bolaning darmoni qurib, injiq bo‘lib qoladi, uyqusi, ishtahasi yo‘qoladi, tez-tez ichi ketadi.
🔻Katta yoshli bolalarda bu jarayon bosh og‘rig‘i, qusish, burun qonashi, qorin og‘rig‘i kuzatiladi. Toshma toshish davrida bemor qayta isitmalaydi, tomog‘i qizaradi. 4-6 kunga kelib o‘ziga xos qizil, yirik dog‘ toshmalar toshadi, bir necha soatdan so‘ng butun yuzga yoyiladi. Toshma ikkinchi kuni badanga, 3-kuni qo‘l-oyoqa tarqaladi. Qizamiqda teri nam bo‘lib, bir oz qichishadi. 3-4 kundan so‘ng sog‘ayish davri boshlanadi. Yuzdagi toshmalar qoraya boshlaydi va jigar rang dog‘larga aylanadi. Zotiljam (o‘pka yallig‘lanishi), tomoqning shishi, o‘rta quloqning yallig‘lanishi (otit), ichak kasalliklari kabi asoratlar qoladi.
🔻Kizamiq 2 yoshgacha bo‘lgan, shuningdek, boshqa yoshdagi nimjon bolalar uchun ayniqsa xavfli. Shu sababdan ularni qizamiqdan juda ehtiyot qilish kerak.
‼️Agar farzandlarimiz ushbu kasalliklarga qarshi emlansa, har qanday ko‘ngilsiz holatlar bartaraf etiladi.
🔰San epid qomita Yangiariq tuman bo`limi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Koʻkyoʻtal -boʻgʻilib-boʻgʻilib yoʻtal tutishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli kasallik.3-03-2025, 09:43
Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!18-10-2025, 11:20
Gepatit A (Botkin kasalligi) — RNK-virus bo’lib, Picornavirus oilasiga, Enterovirus sinfiga mansub, o’tkir virusli jigar shikastlanishiga olib keladi.4-09-2025, 15:47
Gepatit B — virusli kasallik bo`lib,kasallik virusi inson organizmiga faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali kirishi mumkin17-11-2025, 09:37
Oʻtkir respirator virusli kasalliklar va ularning profilaktikasi.28-05-2025, 11:42











