Tepki kasalligini oldini olish va profilaktika tadbirlari.
Bilasizmi!
🟥Xalq orasida “tepki” nomi bilan mashhur bu xastalik tibbiyotda epidemik parotit deb nomlanadi. Bu virusli infeksiya og‘iz va burun orqali qonga tushib, organizmdagi bezlarga ziyon yetkazadi. Odatda epidemik parotit zararlaydigan bezlardan biri quloq atrofidagi so‘lak bezlari bo‘lib, ular xastalik oqibatida shishib ketadi.
🟢Kasallik belgilari.
➡️Тepki haroratning ko‘tarilishi, etning uvushishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ishtahasizlik, og‘iz qurishi, zararlangan bezning shishib ketishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Xastalikning inkubatsion davri 11 kundan 23 kungacha cho‘zilishi mumkin. Belgilar namoyon bo‘la boshlagach 9-10 kungacha bemor xastalik tashuvchisi hisoblanadi.
🟢Kasallikni yuqish yo`li.
➡️Epidemik parotit havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Yaʼni virusni tashuvchi kishi bilan muloqotda bo‘lish, gaplashish, oshxona yoki gigenik anjomlaridan foydalanish tepkiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun xastalikka chalingan bolakayni boshqalardan ajratish, alohida parvarishlash lozim.
🟥Bepushtlikka olib keladimi?
➡️Yuqorida taʼkidlaganimizdek, bu virus organizmning bez to‘qimalarida yaxshi rivojlanadi. Moyak ham spermatazoid ishlab chiqaruvchi bez hisoblangani bois, virusdan zararlanish ehtimoli mavjud. Agar virus moyakka o‘tgan bo‘lsa shish, og‘riq, yallig‘lanish kabi belgilar kuzatiladi. Moyakning yallig‘lanishi oqibatida spermatozoid ishlab chiqaruvchi hujayralarga zarar yetishi mumkin. Agar bemorda yuqoridagi belgilar kuzatilmasa, xavotirga o‘rin qolmaydi. Odatda o‘smirlik chog‘ida tepkiga chalingan va noto‘g‘ri davolangan bolalar o‘rtasida bepushtlik ehtimoli yuqori bo‘ladi. har qanday holatda ham, albatta, shifokor ko‘rigidan o‘tish maqsadga muvofiqdir.
🟢Kasallikni oldi olish yo`llari.
➡️Epidemik parotitdan himoyalanishning eng samarali usuli emlash hisoblanadi. Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1 hamda 6 yoshligida KPK vaksinalari bilan emlash maqsadga muvofiq. Agar bu amaliyot o‘z vaqtida to‘g‘ri amalga oshirilsa, kichkintoyning xastalikka chalinish xavfi ancha pasayadi.
🟥Egizak farzandli ayol tepsa ketadimi?
➡️Bolaga tepki chiqsa, ko‘pchilik ota-onalar egizak farzand ko‘rgan ayolga teptirish kerak deb o‘ylashadi.Bu “davo chorasi” hech qanday foyda keltirmaydi.
➕ Xech qanday irimlarga ishonmay, shifokor ko‘rigidan o‘tishni maslahat beramiz.
🔰Санэпид қўмита Янгиариқ туман бўлими.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Koʻkyoʻtal -boʻgʻilib-boʻgʻilib yoʻtal tutishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli kasallik.3-03-2025, 09:43
Virusli infeksiyalarni yuqtirib olmaslik uchun nima qilish lozim15-10-2025, 10:28
Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!18-10-2025, 11:20
Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!17-11-2025, 09:39
Oʻtkir respirator virusli kasalliklar va ularning profilaktikasi.28-05-2025, 11:42