Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Oʻtkir respirator virusli kasalliklar va ularning profilaktikasi.

Oʻtkir respirator virusli kasalliklar va ularning profilaktikasi.

28-05-2025, 11:42
61
✔️Oʻtkir respirator kasalliklar — viruslar qoʻzgʻatadigan, kelib chiqishi bir-biriga oʻxshash oʻtkir infeksion kasalliklardir.
 Oʻtkir respirator kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga adenoviruslar, paragripp viruslari, rinoviruslar va boshqalar kiradi. 
 Infeksiya bemordansoglom odamga  havotomchi (gaplashganda, aksirganda, yoʻtalganda) yoʻli orqali yuqadi.
 Kasallik odam ishlatgan uy anjomlari (idishtovoq, sochiq, oʻyinchoqlar va hokazo)dan ham yuqishi mumkin.

❓Kasallikda  qanday  belgilar kuzatiladi :

✔️burun va tomoq bo`shlig`ida yoqimsiz tuyg'ular;
✔️umumiy holatning yomonligi;
✔️ishtahaning yo`qolishi;
✔️ko'ngil aynishi;
✔️o`qchish va qusish;
✔️yo'tal;
✔️aksirish;
✔️bosh og'rig'i;
✔️"tirnash"ga o`xshaydigan tomoq og'rig'i;
✔️burun bitishi, burun oqishi;
✔️tana haroratining biroz ko'tarilishi;
✔️mushaklar va bo'g'imlarda og'riq;
✔️konyunktivit (ba'zan).

❓Kasallikni oldini olish -Profilaktik choralari qanday.

🪙ovqatlanayotganda va ovqat tayyorlashda qo‘l gigienasiga rioya qilish;
🪙mato ro'molcha ishlatmaslik, bir martalik qog'oz salfetkalardan foydalanish;
🪙o`zingiz foydalanadigan idish-tovoqlarni ajratib olish;
🪙uylarni doimiy ravishda shamollatib turish;
🪙jismoniy mashqlar bilan shug'ullanib turish;
🪙o'tkir respiratorli infeksiyaga chalingan bemorlar bilan aloqa qilmaslik.
🪙 limon, malina solingan issiq choy  va iloji boricha k`oproq suyuqlik ichirish lozim. 
🪙Ovqat yengil hazm boʻladigan va oqsilga boy (bulonlar, goʻshtli va baliqdan qilingan kotletlar, tvorog, sabzavotlar, hoʻl mevalar) iste`mol qilish zarur. 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.