Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Bolalar uchun yeguliklar laboratoriyada qanday tekshiruvdan o‘tkaziladi?

Bolalar uchun yeguliklar laboratoriyada qanday tekshiruvdan o‘tkaziladi?

10-09-2026, 13:13
31
Bolalar iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsiz va sifatli bo‘lishi juda muhim. Shu sababli laboratoriya tekshiruvlari o`tkaziladi.

🔬 Laboratoriyada quyidagilar tekshirilishi mumkin:
🥛 Mikrobiologik ko‘rsatkichlar — mahsulotda kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar va xavfli bakteriyalar bor yo`qligi tekshiriladi.

🧪 Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar — mahsulotning tarkibi, kislotaliligi, namligi, yog‘, oqsil va boshqa ko‘rsatkichlari baholanadi.

☣️ Zararli moddalar — mahsulotda ayrim toksik elementlar, nitratlar, pestitsidlar va boshqa xavfli moddalar me’yoridan oshmaganligi tekshiriladi.

 Organoleptik tahlil -tashqi ko‘rinish va ta'mi, rangi, hidi, va konsistensiyasi mutaxassislar tomonidan baholanadi.

📦 Yaroqlilik va markirovka — mahsulotning saqlash sharoiti, yaroqlilik muddati va yorlig‘idagi ma’lumotlari ham nazorat qilinadi.

👶 Bolalar salomatligi — ustuvor vazifa!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.