Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » MAKTAB OSHXONALARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR.

MAKTAB OSHXONALARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR.

25-08-2026, 09:18
49
Sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish — bolalar salomatligi va ta’lim samaradorligining muhim omilidir. Shu sababli maktab oshxonalarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish zarur.

Asosiy gigiyenik talablar:
🔹 Oshxona xonalari doimo toza va ozoda bo`lishi;
🔹 Oshxona jihozlari va idishlari muntazam yuvilib, dezinfeksiya qilinishi;
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan sharoit va haroratda saqlanishi;
🔹 Tez buziladigan mahsulotlarning yaroqlilik muddati muntazam tekshirilishi;
🔹 Xom va tayyor mahsulotlar alohida saqlanishi va qayta ishlanishi;
🔹 Ichimlik suvi sanitariya talablariga javob berishi;
🔹 Oshxona xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi va maxsus kiyimda ishlashi;
🔹 Oshxona chiqindilari o‘z vaqtida yig‘ilib, belgilangan tartibda olib chiqilishi lozim

👩‍🍳 Toza oshxona — xavfsiz ovqat — sog‘lom bola.

🔰San epid qo`mita Yangiariq tuman bo`limi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.