Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Sut mahsulotlarga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.

Sut mahsulotlarga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.

16-06-2025, 16:40
14
🥛Sut mahsulotlari inson salomatligi uchun eng muhim  mahsulot bo`lishi  bilan bir qatorda u oson va tez buziluvchi oziq-ovqat maxsulotidir
🥛Sut va sut maxsulotlarini  ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotishda sanitariya gigiena qoida va meyorlariga qat`iy amal qilish lozim..
🇺🇿O`zbekiston Respublikasida  SanQ vaM-0039-22  "Sut va sut maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalariga qo`yiladigan sanitariya-gigiena talablar" sut va sut maxsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatiga qo`yiladigan sanitariya gigiena va epidemiyaga qarshi talablarni belgilaydi . Mazkur sanitairiya qoidalariga ko`ra;
✅ Sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar texnologik va sanitariya talablariga - yani sut xom ashyosini qabul qilishdan tortib toki tayyor maxsulotlarni realizatsiyasigacha bo`lgan davrgacha qat’iy amal qilishi zarur.
✅Sut va sut maxsulotlarini  ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan xom sut soglom sigirlardan olinishi va mikrobiologik ko`rsatkichlari me`yordan oshmasligi zarur.
✅Korxonada ishlovchi barcha hodimlar ishga olinganda va ish davrida muntazam  ravishda tibbiy ko`rikdan o`tib borishlari hamda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishlari lozim.
✅Sut va sut mahsulotlari maxsus jihozlahgan avtotransport vositalarida tashilishi va tashish davomida harorat nazorati olib borilishi, xaydovchi tibbiy ko`rikdan o`tgan bo`lishi losim.
🥡Qadoqlangan sut va sut mahsulotlari qadog‘ida ishlab chiqargan korxona nomi,ishlab chiqarilgan partiyasi,sanasi,muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.

 ✅Sut va sut mahsulotlari +2+4°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanishi kerak  (SanPiN 0054-23)
 ✅Iste`mol idishlaridagi sut, qaymoq, sut zardobi, pasterizatsiyalangan sut-36 soat. (SanPiN 0054-2
❗️Sut va sut maxsulotlarini ishlab chiqarishda, tashishda, sotish chogida , sanitariya gigiena qoidalariga rioya etilmasa yoki noto`gri saqlashda sut mahsulotlari tez va oson buzulishi natijasida o`tkir yuqumli ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi.
❗️Sut va sut mahsulotlarini sotib olayotganda albatta yorligidagi yozuvlarga e`tibor bering va uy sharoitida muzlatgichda saqlang!
❗️Ularni savdo do`konlaridan sotib olishingizni tavsiya qilamiz.
❗️ Ko`cha -kuyda ,qo`lda sotilayotgan sut va sut maxsulotlarini aslo sotib olmang!

🔰San epid qo`mita Yangiariq tuman bo`limi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.