Jaziramadan ehtiyot bo‘ling!
Yozning issiq kunlarida quyosh nurlari va yuqori havo harorati sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Issiqlik urishi va suvsizlanishning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:💧 Kun davomida yetarli miqdorda suv iching.
🧢 Soat 11:00–17:00 oralig‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh ostida uzoq qolmang.
👕 Ochiq rangli, yengil va tabiiy matodan tikilgan kiyimlarni tanlang.
🌳 Imkon qadar salqin joylarda bo‘ling va jismoniy zo‘riqishni cheklang.
👶👵 Bolalar, keksalar hamda surunkali kasalligi bor insonlarga alohida e'tibor qarating.
⚠️ Agar bosh aylanishi, kuchli holsizlik, ko‘ngil aynishi yoki tana harorati ko‘tarilishi kuzatilsa, darhol salqin joyga o‘ting va tibbiy yordamga murojaat qiling.
Sog‘lig‘ingizni asrang – jaziramada ehtiyot bo‘ling!
🔰Sanepid qo‘mitasi Yangiariq tuman bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Oftob urishidan qanday saqlanish kerak?21-05-2026, 14:58
OVQATDAN ZAHARLANMASLIK UCHUN MUTAXASSIS TAVSIYASI15-07-2026, 09:12
Yozda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qanday ovqatlantirish kerak?6-07-2026, 14:30
Gripp kasalligidan ehtiyot bo`ling!26-01-2026, 11:39
Biologik faol qo‘shimchalarni(BAD) iste’mol qilishda ehtiyot bo‘ling!13-07-2026, 15:11











