Qizilcha va Suvchechak kasalliklarining farqi

🔴 Keltirib chiqaradigan viruslariQizilcha (rubella) virus keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik
Suv chechak (tovuq chechagi) — Varicella-zoster virusi keltirib chiqaradigan oʻtkir yuqumli kasallik
🔴 Yuqish yo`llari
Qizilcha- kasal odam yoʻtalganda yoki aksirganda havoga tarqaladigan tomchilar orqali yuqadi.
Suvchechak-yoʻtalish, aksirish yoki toshmalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish orqali yuqadi.
🔴 Kasallik belgilari va toshmalar
Qizilchada tana haroratining biroz koʻtarilishi, tomoq ogʻrigʻi, orqa-bosh va boʻyin limfa tugunlarining shishishi,
Toshmalar- Qizilcha kasalligida– mayda, tekis, bir xil toshmalar. Bir vaqtda paydo bo‘lib, bir necha kun ichida izsiz yo‘qoladi!
Suvchechakda-Umumiy holsizlik,isitma, bosh ogʻrigʻi, charchoq va ishtahaning yoʻqolishi kuzatiladi.
Toshmalar- Suvchechak kasalligida– qattiq qichituvchi, suyuqlik bilan to‘la pufakchali (Vezikulali) toshmalar bo`lib,boshning sochli qismida va shilliq qavatlarda ham paydo bo‘lishi mumkin!
🔴 Asoratlari
Qizilcha-Homiladorlikning ilk oylarida yuqsa, tugʻma qizilcha sindromi (koʻrlik, karlik, yurak nuqsonlari)ga olib kelishi mumkin.
Suvchechak ko‘proq bolalarda uchraydi, lekin kattalarda og‘ir kechishi mumkin
🔴 Davolash va profilaktika:
Qizilcha-Maxsus davosi yoʻq, belgilariga qarab davolanadi. Eng yaxshi oldini olish usuli — MMR (qizamiq-tepki-qizilcha) vaksinasini olishdir.
Suvchechak-Asosiy davolash simptomlarni (qichishish, isitma) kamaytirishga qaratilgan. Qichishishni kamaytirish uchun losyonlar va isitmani tushirish uchun shifokor tavsiyasi bilan dori vositalari qoʻllaniladi. Eng samarali oldini olish chorasi — suvchechakka qarshi emlash.
🔰San epid qo`mita Yangiariq tuman bo`limi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Qizamiq30-01-2026, 11:14
Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!17-11-2025, 09:39
Koʻkyoʻtal -boʻgʻilib-boʻgʻilib yoʻtal tutishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli kasallik.3-03-2025, 09:43
Qrim-Kongo gemorragik isitma virusi kana chaqishi bilan yuqadigan odamning oʻtkir yuqumli kasalligi hisoblanadi. Asosan choʻl zonalarda kuzatiladi.26-02-2026, 09:31
Oʻtkir respirator virusli kasalliklar va ularning profilaktikasi.28-05-2025, 11:42











