Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Poliomiyelit – o‘ta yuqumli kasallikdir.

Poliomiyelit – o‘ta yuqumli kasallikdir.

14-01-2026, 12:19
13
Poliomiyelit — bu poliovirus orqali yuzaga keluvchi o'ta yuqumli kasallikdir. 
☑️Poliovirusi organizmga- iflos suv, iflos oziq-ovqat maxsulotlari, iflos qo`llar orqali shuningdek xavo-tomchi yollari orqali ham yuqadi
☑️Virus nerv tizimiga hujum qilib, orqa miya va bosh miyaning nerv hujayralarini zararlaydi. Bu esa mushaklar falajiga, harakatlanish qobiliyatining cheklanishiga olib keladi.
‼️Kasallikni oldini olish 
☑️Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish, toza ichimlik suvidan, meva va sabzavotlarni yuvib iste`mol qilish polioni oldini olishda muhim ahamiyatga ega
☑️Poliomiyelitga qarshi eng samarali vosita — bu vaktsina. Bugungi kunda ikki xil polio vaktsina mavjud: og'iz orqali qabul qilinadigan OPV (oral polio vaktsina) va in'ektsiya ko'rinishidagi IPV (inaktivated polio vaktsina). Har ikki vaksina ham xavfsiz va samarali bo'lib, bola hayotining dastlabki yillarida bir necha bosqichda beriladi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.