Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Muayyan-dekretiv kasb egalari nega majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar?

Muayyan-dekretiv kasb egalari nega majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar?

13-10-2025, 10:02
39
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining №200-сонли  buyrug‘i asosida tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish orqali yuqumli va parazitar kasalliklar, kasb kasalliklari yoki ish jarayonida yuzaga keluvchi zaharlanishlarni erta aniqlash va ularning tarqalishini oldini olinadi. Shu bilan birga, bu mehnat xavfsizligini ta’minlash va xizmat ko‘rsatuvchilar orqali aholi sog‘lig‘i xavfsizligini saqlashga qaratilgan choradir. Ayrim kasb sohalaridagi xodimlarni muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish majburiy sanaladi.
❓Kimlar majburiy tekshiruvdan o‘tadi?
• oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi ishlab chiqarish,  tashish va sotish; umumiy ovqatlanish va savdo tashkilotlari; 
• bolalarni tarbiyalash va  ta’lim berish  tashkiloti xodimlari; 
• kommunal va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
• mehmonxonalar, davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalarda  faoliyat yurituvchi xodimlar va boshqalar

🔰San epid qo`mita Yangiariq tumani.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.