Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » TA’LIM MUASSASALARIDA GRIPPning OLDINI OLISH

TA’LIM MUASSASALARIDA GRIPPning OLDINI OLISH

Вчера, 12:04
9
Gripp tarqalishining oldini olish uchun:

💉 1. Emlanish
Grippga qarshi mavsumiy vaksinatsiya kasallikdan himoyalanishning muhim choralaridan biridir.
🧼 2. Qo‘llarni tez-tez yuving
Qo‘llarni sovun bilan muntazam yuvish yoki antiseptik vositalardan foydalanish zarur.
😷 3. Niqobdan foydalaning
Gripp alomatlari kuzatilganda niqob taqing va boshqalardan imkon qadar masofa saqlang.
🌬 4. Xonalarni shamollating
Sinf xonalari va boshqa umumiy joylarni muntazam shamollatib turing.
🤧 5. Kasallik alomatlariga e’tibor bering
Isitma, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, holsizlik kabi belgilar kuzatilsa, o‘quvchi yoki xodimni jamoaga yubormaslik va shifokorga murojaat qilish muhim.
🧴 6. Tozalikni saqlang
Ko‘p tegiladigan yuzalar, eshik tutqichlari va jihozlarni muntazam tozalab, dezinfeksiya qiling.
7.Harorat rejimi
O‘quv muassasalari va turar joy binolarida issiqlik harorati 22 darajadan past bo‘lmasligi ta'minlanishi kerak.
🧥8.Mavsumiy kiyinish
Bolalarning ob-havo va mavsumga xos ravishda issiq kiyinishini nazorat qilish.
🍚9.To‘g‘ri ovqatlanish
Immunitetni mustahkamlash uchun o‘z vaqtida va vitaminlarga boy taomlar bilan oziqlanishni yo‘lga qo‘yish.

🚫 Kasallik belgilari kuzatilganda nima qilish kerak?
Ertalabki filtrlash: Agar o‘quvchi yoki xodimda grippga xos simptomlar (isitma, yo‘tal, burun oqishi, holsizlik) aniqlansa, ular zudlik bilan jamoadan ajratilishi (uyiga yuborilishi) lozim.
Masofa saqlash: Kasallik belgilari bor shaxslar bilan muloqotda masofa saqlash tavsiya etiladi.
O‘zboshimchalik bilan davolanmaslik: Bolalarda gripp asoratlarini oldini olish uchun dori vositalarini, ayniqsa antibiotiklarni, shifokor nazoratisiz berish aslo mumkin emas.

❗️Sog‘lom muhit — sog‘lom ta’lim garovidir!

🔰Sanepid `qomita Yangiariq tuman bo`limi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.