Mutaxassis maslahati: kuydirgi kasalligidan ehtiyot bo‘ling!
Kuydirgi (Sibir yarasi) — hayvonlardan odamlarga yuqadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda uzoq yillar saqlanib qolish xususiyatiga ega. Kasallik asosan qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqa chorva hayvonlarida uchraydi hamda odamga kasallangan hayvon yoki uning mahsulotlari bilan bevosita aloqa qilish orqali yuqishi mumkin.
Odamlarda kasallik ko‘pincha zararlangan teri orqali, ayrim hollarda esa kasallangan hayvon go‘shtini iste’mol qilish yoki kasallik qo‘zg‘atuvchisi bilan ifloslangan changni nafas orqali qabul qilish natijasida rivojlanadi.
🔎 Kuydirgi kasalligining asosiy belgilari:
• terida qichishish va qizarish;
• keyinchalik suyuqlik to‘lgan pufakcha paydo bo‘lishi;
• yara markazida qora rangli qobiq hosil bo‘lishi;
• yara atrofida shish va qizarish;
• tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik va bosh og‘rig‘i.
🛡 Kasallikning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
✅ Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini faqat veterinariya nazoratidan o‘tgan, ruxsat etilgan savdo shoxobchalaridan xarid qiling.
✅ Kasallik alomatlari bor yoki sababsiz nobud bo‘lgan hayvonlarni so‘ymang, ularning go‘shti va boshqa mahsulotlaridan foydalanmang.
✅ Hayvon to‘satdan nobud bo‘lsa, uni mustaqil ravishda ko‘mishga yoki so‘yishga urinmang. Bu haqda darhol veterinariya xizmatiga xabar bering.
✅ Chorva hayvonlarini veterinariya mutaxassislari tavsiyasiga ko‘ra o‘z vaqtida kuydirgiga qarshi emlatib boring.
✅ Hayvonlarni parvarishlash yoki so‘yish jarayonida himoya qo‘lqopi va maxsus kiyimlardan foydalaning, ish yakunlangach qo‘llaringizni sovun bilan yaxshilab yuving.
✅ Belgilanmagan joylarda sotilayotgan go‘sht mahsulotlarini xarid qilishdan saqlaning.
❗️ Muhim!
Agar kasallangan hayvon bilan muloqot qilganingizdan so‘ng terida qora qobiqli yara, kuchli shish, isitma yoki umumiy holsizlik paydo bo‘lsa, vaqtni boy bermasdan tibbiyot muassasasiga murojaat qiling. Erta tashxis qo‘yish va davolanish kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olishga yordam beradi.
💚 Unutmang! Kuydirgi kasalligidan himoyalanishning eng samarali yo‘li — sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, veterinariya nazoratidan o‘tgan mahsulotlarni iste’mol qilish hamda chorva hayvonlarini o‘z vaqtida emlatishdir.
O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang!
🔰Sanepid qo'mita Yangiariq tuman bo'limi

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Brusellyoz qanday kasallik?10-04-2026, 09:31
Bolangizni “iflos qo‘llar” kasalligi – gepatit A dan himoya qiling!3-08-2026, 09:07
Qizilcha va Suvchechak kasalliklarining farqi18-03-2026, 10:41
Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!17-11-2025, 09:39
Qrim-Kongo gemorragik isitmasi (QKGI) – xavfli virusli kasallik!17-03-2026, 10:38