Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISH NIMA UCHUN MUHIM

TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISH NIMA UCHUN MUHIM

23-07-2026, 09:42
11
Ko‘pchilik o‘zini yaxshi his qilsa, shifokorga murojaat qilishni ortga suradi. Ammo ayrim kasalliklar dastlab hech qanday alomat bermasdan rivojlanishi mumkin. Shu sababli muntazam profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tish sog‘liqni saqlashning eng muhim qadamlaridan biridir.
✅ Tibbiy ko‘rikning afzalliklari:
• Kasalliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.
• Davolash samaradorligini oshiradi va asoratlar xavfini kamaytiradi.
• Yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, onkologik kasalliklar kabi xastaliklarni o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.
• Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va umr sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
• Kelajakdagi davolanish xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
👨‍⚕️ Kimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak?Barcha fuqarolar – bolalar, o‘smirlar, kattalar va keksalar. Ayniqsa surunkali kasalligi borlar, homilador ayollar hamda zararli ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilar muntazam tibbiy nazoratdan o‘tishlari tavsiya etiladi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.