Hurmatli tadbirkorlar!
Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan olib borilgan o'rganishlar natijasiga ko'ra, bugungi kunda turistlar tashrif buyuradigan jamoat joylari va ob'ektlarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini (jamoat xojatxonalari) tashkil etishga katta ehtiyoj mavjud.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 07 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi 3514-son qarori shuningdek, Hukumatimizning hududlarda turizm sohasini rivojlantirishga oid topshiriqlarida turistlar gavjum bo'ladigan joylarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurib (qayta qurib), ularni zamonaviy sanitariya talablariga javob beradigan holda foydalanishga topshirilishini ta'minlash vazifasi belgilangan.
Ushbu vazifani davlat-xususiy sherikchiligi asosida tezkor amalga oshirish maqsadida xo'jalik yurituvchi sub'yektlar uchun bir qator imkoniyat va sharoitlar yaratib berilgan ya'ni,
-tadbirkorlarning sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish, qayta tiklash va kapital ta'mirlashga sarflagan xarajati uning soliq solinadigan bazasidan ayırıb tashlash bo'yicha;
-turizm infratuzilmasi obektlaridagi (tarixiy va me'moriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, umumiy ovqatlanish punktlari, xizmat ko'rsatish ob'ektlari, avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtincha to'xtash joyları, yo'lbo'yi infratuzilmasining servis xizmatlar ko'rsatiladigan hududlari, bozorlar, rastalar, do'konlar va odamlar gavjum bo'ladigan boshqa joylarni) sanitariya-gigiyena shoxobchalarini saqlash uchun xarajatlar, ya'ni farroshlar ish haqi, gigiyena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarni to'lash bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan qilingan 12 million so'mgacha bo'lgan miqdordagi xarajatlar ularning soliq solinadigan bazasidan ayirib tashlash bo'yicha;
-zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini yaratish bo'yicha loyihalarni amalga oshiradigan tadbirkorlik sub'yektlari va salohiyatli investorlarga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining xulosasi asosida shahar va tumanlarning tegishli qismlarida reklama va ixcham savdo nuqtalari uchun joylar taqdim etiladi;
Hurmatli tadbirkorlar Yangiariq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi sanitariya-gigiena shaxobchalari(zamonaviy hojatxonalar)ni tashkil qilishda, jihozlashda, ish faoliyati davomida O'zR SanQvaM №0368-19 «Jamoat hojatxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishning sanitariya qoidalari va me'yorlari» da belgilangan talablarga doimo rioya etishni tavsiya qiladi.
Yuqorida keltirib o'tilgan talablarni amalga oshirishda konsultatsiya va boshqa amaliy yordam olish uchun Yangiariq tuman SEOvaJSB Sanitariya-gigiena bo'limi mudiri U.Sultonovga murojaat qilishingiz mumkin. tel: 38-53-058, 97-457-58-59.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Prezident Vengriya, Ozarboyjon va Yaponiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi31-07-2023, 17:35
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi choralar ma’lum qilindi3-08-2023, 11:34
26 ta soliq inspeksiyasi va ikki viloyat DSB rahbarlari ishdan olindi3-08-2023, 16:10
Yangiariq tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bolimi xodimlari tomonidan bezgak kassaligini oldini olish deratizatsiya tadbirlari amalga oshirildi.26-09-2023, 15:29
«Me'mor//2023» arxitektura ko‘rik-tanloviga loyiha taqdim etishning 5 sababi31-07-2023, 11:49