Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » ❓BЕZGAK HAQIDA BILASIZMI?

❓BЕZGAK HAQIDA BILASIZMI?

26-04-2025, 11:07
8
BЕZGAK- xavfli yuqumli kasallik. Uni juda kichik parazitlar plazmodiylar qo‘zg‘atadi. 
Bezgak kasalligi sog‘lom odamga bemordan Anofeles turiga mansub chivinlari orqali o‘tadi.
BЕZGAKNING ASOSIY BЕLGILARI QUYIDAGILARDAN IBORAT-Tananing vaqti-vaqti bilan isitmalashi (bezgak xuruji), jigar va qorataloqning kattalashishi, kamqonlik,  kuchli titroq bosishi, harorati 39-40 gradusgacha oshishi. Bo‘g‘imlarning og‘rishi.
 
🦟CHIVINLARNING KO‘PAYISH JOYLARI.
Sohillari botqoqlashgan suv havzasi, sholipoyalar, axlat chiqindilariga to‘lib ketgan turg‘un suvli yoki sekin oqimli ariqlar, suv quvurlarining ishdan chiqish natijasida vaqtincha vujudga keladigan suv havzalari va boshqalar.
🦟KASALLIKNI OLDINI OLISH CHORALARI;
Chivin chaqishidan himoya choralarini ko‘rish;
Chivinlarga qarshi kurashish tadbirlari olib borish,ularni ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik.

🏥O‘zingizda bezgak kasalligi belgilarini  sezsangiz darhol shifokorga murojaat qiling!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.