Ishonch telefoni

Murojaatnoma

5-05-2025, 10:51
60

Yangiariq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘ining sohada korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaatnomasi.

HURMATLI FUQAROLAR!

Oʻzbekistonning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga koʻtarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat xizmatida korrupsiyaviy xolatlarning har qanday koʻrinishlariga qatʼiy murosasizlik madaniyatini shakllantirishda yuksak gʻoyalarga tayanmoqda. Avvalo, ushbu isloxоtlarning tub zamirida Prezident Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyiliga muvofiq barcha imkoniyatlar xalqimiz manfaatlari yoʻlida safarbar etilishi ustuvor vazifa etib belgilanmoqda.

Shuningdekkorrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantiradigan maxsus vakolatli davlat organi tashkil etilgani korrupsiyaga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish vaqti yetganini korsatdi.

Yangiariq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq faoliyatni takomillashtirish uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda. Davlat Rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashga doir tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda, bu illatning oldini olish va profilaktika qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi.

Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Buni soʻnggi yillarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida mazkur sohada qabul qilingan konseptual meʼyoriy hujjatlar asosida baholash mumkin. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali mexanizmi, jumladan, huquqiy baza va institutsional asos yaratilgan. Davlat va jamiyat qurilishining barcha tarmoqlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan 70 dan ortiq meʼyoriy-huquqiy hujjatlar mazkur islohotlarni amalga oshirishda mustahkam asos boʻldi.

Korrupsiya xavfini baholash, xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘rgatish va ularning malakasini oshirish, buning uchun samarali ichki nazorat, xususan, xodimlarga korrupsiyaga oid masalalar, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xodimlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha avtomatlashtirilgan yechimlar va boshqa chora-tadbirlar yuzasidan murojaat qilish tizimi joriy etilgan. 

Albatta, 2017-yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi qonun Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy huquqiy asosi hisoblanadi. Qonun davlat xizmatchilaridan bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi mumkin boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida oʻz rahbarlariga maʼlum qilishni talab qiladi va korporativ maʼlumot beruvchilarni himoya qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, qonun ommaviy axborot vositalariga davlat organlaridan korrupsiyaga oid jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrash huquqini beradi. Shuningdek, qonunda vazirliklar va boshqa davlat organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiya uchun yangi imkoniyatlar yaratmasligini taʼminlash maqsadida ekspertizadan oʻtkazish majburiy tartibda belgilandi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha Milliy kengash va uning hududiy organlari mavjud boʻlib, ular barcha tegishli institutlarning saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish uchun moʻljallangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Kengashning ishchi organi vazifasini bajaradi, unga Senat Raisi rahbarlik qiladi. Agentlik davlat organlaridan ularning davlat mablagʻlarini sarflash, davlat mulkini sotish va davlat xaridlari, shuningdek, investitsiya loyihalari va davlat dasturlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni soʻrab olish imkonini beruvchi profilaktika mandatiga (vakolatlariga) ega. Shuningdek, u fuqarolar va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid masalalar boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy ish oʻtkazishi, natijalarini esa keyinchalik huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishi mumkin.

Xalqimiz xizmatida ekanmiz, halollikni, oshkoralikni hamda korrupsiyaga qarshi mutlaqo toqatsizlikni namoyish etishga tayyormiz.

Yangiariq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘I

                                                D.Jumaniyozov

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.