Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Milliy libos – milliy qadriyatlarimiz timsoli!

Milliy libos – milliy qadriyatlarimiz timsoli!

3-08-2026, 09:06
27
Yangiariq tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan yurtimizda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, milliy liboslarimizni keng targ‘ib etish maqsadida o'tkazilayotgan "Milliy liboslar kuni" tashabbusida har juma kuni faol ishtirok etib kelinmoqda.

Milliy liboslarimiz xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari, ma'naviyati va betakror madaniyatini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Ularni e'zozlash va kundalik hayotimizda keng targ‘ib qilish milliy o‘zligimizni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yangiariq tumani SEO va JSB jamoasi ushbu ezgu an'anani qo‘llab-quvvatlab, har juma kuni milliy liboslarda ish faoliyatini olib borish orqali milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqatini namoyon etmoqda.

🇺🇿 Milliy liboslarimiz – milliy g‘ururimiz, milliy qadriyatlarimizning yorqin ifodasidir!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.