Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Milliy libos — bebaho meros

Milliy libos — bebaho meros

25-05-2026, 16:22
11
Haftaning har juma kuni mamlakatimizda “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, an’analarimizni keng targ‘ib etish hamda milliy liboslarning kundalik hayotimizdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🍀Mazkur tashabbus doirasida Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Yangiariq tuman bo‘limi ishchi-xodimlari har juma kuni o‘zbek milliy liboslarida ish joylariga tashrif buyurib, milliylik ruhini namoyon etib kelmoqdalar.

🍀Ayollarning atlas va adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslari xalqimizning boy madaniy merosini ifodalab, ish muhitiga o‘ziga xos fayz bag‘ishlaydi.

🍀Milliy liboslar nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy o‘zlikni anglash, o‘zbekona qadriyatlarni qadrlash va yosh avlodga bebaho merosni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.