AKSINA – YUQUMLI KASALLIKLARDAN ISHONCHLI HIMOYA!
Bugungi kunda yuqumli kasalliklarning oldini olishda eng samarali, xavfsiz va ilmiy jihatdan isbotlangan usullardan biri – vaksinatsiya hisoblanadi. Vaksinalar millionlab insonlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qilmoqda hamda ko‘plab xavfli kasalliklarning keng tarqalishining oldini olmoqda.
Vaksina tarkibida kasallik qo‘zg‘atuvchisining zaiflashtirilgan yoki zararsizlantirilgan shakli, yoxud uning ayrim qismlari bo‘ladi. Organizm unga javoban himoya hujayralari va antitanachalar ishlab chiqaradi. Natijada haqiqiy infeksiya bilan to‘qnash kelganda immun tizimi kasallikka tez va samarali qarshilik ko‘rsatadi.
✅ Vaksinaning asosiy afzalliklari:
• Yuqumli kasalliklarning oldini oladi.
• Kasallikning og‘ir kechishi va asoratlar rivojlanish xavfini kamaytiradi.
• Nogironlik va o‘lim holatlarining oldini olishga yordam beradi.
• Chaqaloqlar, bolalar, homilador ayollar, keksalar va surunkali kasalligi bor insonlarni himoya qiladi.
• Jamiyatda jamoaviy immunitet shakllanishiga xizmat qiladi va kasalliklarning ommaviy tarqalishini cheklaydi.
👨👩👧👦 Nima uchun bolalarni o‘z vaqtida emlatish muhim?
Bolalar immun tizimi hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Shu sababli ular qizamiq, ko‘kyo‘tal, poliomiyelit, difteriya, qoqshol, gepatit B, sil va boshqa yuqumli kasalliklarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladi. Milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida olingan vaksinalar bolani ana shunday xavfli kasalliklardan ishonchli himoya qiladi.
📌 Vaksina nafaqat sizni, balki atrofdagilarni ham himoya qiladi.
Agar aholining aksariyati emlangan bo‘lsa, kasallikning tarqalishi keskin kamayadi. Bu esa hali emlanish yoshi yetmagan chaqaloqlarni, immuniteti sust insonlarni ham himoya qilishga yordam beradi. Shu sababli vaksina olish har bir insonning nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy mas'uliyati hamdir.
⚠️ Vaksinalar haqida keng tarqalgan noto‘g‘ri fikrlarga ishonmang!
Vaksinalar qo‘llanishidan oldin ularning xavfsizligi va samaradorligi ko‘plab klinik sinovlarda tekshiriladi. Emlashdan keyin ayrim hollarda ukol qilingan joyda og‘riq, qizarish yoki tana haroratining biroz ko‘tarilishi kuzatilishi mumkin. Bu organizmning himoya tizimi shakllanayotganidan dalolat beradi va odatda qisqa vaqt ichida o‘tib ketadi.
💚 Unutmang!
Vaksina kasallikni davolamaydi, balki uning oldini oladi. O‘z vaqtida emlangan insonlarda kasallikka chalinish ehtimoli ancha past bo‘ladi, kasallik yuzaga kelgan taqdirda ham u odatda yengilroq kechadi va og‘ir asoratlar xavfi sezilarli darajada kamayadi.
📢 Aziz fuqarolar!
O‘zingiz va farzandlaringiz salomatligini asrang. Milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlaning hamda yaqinlaringizni ham emlashga undang. Vaksinatsiya — sog‘lom avlod, sog‘lom oila va sog‘lom jamiyatning muhim garovidir.
🔰Sanepid qo‘mitasi Yangiariq tuman bo‘limi aholini yuqumli kasalliklardan himoyalanish maqsadida emlash tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqiradi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.