Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » Degelmintizatsiya tadbirlari.

Degelmintizatsiya tadbirlari.

19-10-2026, 12:10
29
Bolalar salomatligi muhofaza qilinmoqda.

🪱 GIJJA Kasalliklari — inson organizmida parazit chuvalchanglarning yashashi natijasida yuzaga keladigan kasalliklardir. Ular, ayniqsa, bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
➡️Gijja bilan zararlanish organizmda oziq moddalar yetishmovchiligi, kamqonlik, bolalarda o‘sish va rivojlanishning sekinlashishi hamda ovqat hazm qilish tizimi faoliyatining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
 ➡️Og‘ir holatlarda ichak tutilishi kabi jiddiy asoratlar ham kuzatiladi.
✅Degelmintizatsiya — organizmdagi parazit gijjalarni yo‘qotishga qaratilgan davolash tadbiridir.
Yangiariq tumanida 2-10 yoshli bolalar orasida gijja kasalliklariga qarshi 2- tur degelmintizatsiya tadbirlari boshlangan bo`lib, tadbir umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`tkazilmoqda.

🔰Sanepid qo‘mitasi Yangiariq tuman bo‘limi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.