Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » 🇺🇿Bolalar salomatligini muhofaza qilish maqsadida yurtimizda keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda

🇺🇿Bolalar salomatligini muhofaza qilish maqsadida yurtimizda keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda

Вчера, 16:49
6
#tadbir
👭.
29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2–10 yoshli bolalar o‘rtasida 1-tur ommaviy degelmintizatsiya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni turli yuqumli va parazitar kasalliklardan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Tadbirda vrach-parazitologlar, oilaviy poliklinika mutaxassislari, bosh hamshiralar hamda maktab hamshiralari ishtirok etib, belgilangan tartib asosida bolalarga albendazol dori vositalari tarqatildi.
Mutaxassislar tomonidan ota-onalar hamda mas’ul xodimlarga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, profilaktika choralarini kuchaytirish hamda dori vositalarini to‘g‘ri qabul qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
☑️Aholi salomatligini asrash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish kabi profilaktik tadbirlar hududlarda izchil davom ettirilmoqda.

🔰Sanepid qo`mita Yangiariq tuman bo`limi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.